Narpay va Payariq tumanlarida Samarqand davlat chet tillar institutining fakultetlari ochiladi

    Dolzarb 18 Aprel 2021 1997

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi davomida mamlakatning bir qancha sohalarini rivojlantirish bilan bir qatorda viloyat oliy taʼlim tizimida ham muhim oʻzgarishlar boʻlishini maʼlum qildi.

    Jumladan, davlat rahbari topshirigʻiga binoan endilikda Samarqand viloyatining Narpay tumanidagi xizmat koʻrsatish texnikumi hamda Payariq tumanidagi iqtisodiyot va servis kasb-hunar kollejlarida Samarqand davlat chet tillar institutining “Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda xorijiy til (ingliz tili)” va “Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili” fakultetlari ochiladi.

    Kecha, 17-aprel kuni masʼul rahbarlar joylarga borishdi va taʼlim sifati, oʻquv binosini taʼmirlash, talabalarning zamonaviy taʼlim olishlari uchun zarur imkoniyatlarni yaratish va boshqa amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan vazifalarni belgilab olishdi.