NASA: AQSh 2030-yillarning boshida Marsga odamlarni yuborishni rejalashtirmoqda

    Transport vaziri, NASA direktori vazifasini bajaruvchi Shon Daffi Fox News telekanaliga bergan interv`yusida AQSh 2030-yillar boshida Marsga odamlarni jo'natishni rejalashtirayotganini aytdi.

    Uning so'zlariga ko'ra, bu missiya sakkiz oydan ko'proq vaqtni o'z ichiga oladi.

    “Marsga uchish, keyin u yerda qolish va keyinroq qaytish uchun sakkiz oydan ko'proq vaqt ketadi”, dedi Daffi.

    U bu rejalarni juda muhim deb atadi va Oyga uchish tajribasi missiya davomida astronavtlarning hayoti xavfsizligini ta'minlash uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lishini qo'shimcha qildi.

    Avvalroq Daffi AQSh Prezidenti Donald Trampning vakolat muddati tugaguniga qadar odamlarni Oyga qo'ndirishni rejalashtirayotganini ma'lum qilgandi, deb xabar berdi russian.rt.com.