NASA Bennu asteroididan olingan tuproq namunalarining suratlarini e'lon qildi

    NASA OSIRIS-Rex sayyoralararo stansiyasi tomonidan to'plangan va Yerga yetkazilgan Bennu asteroidi tuprog'ining ilk suratlarini namoyish etdi.

    Stansiya asteroidga 2018-yilda yetib kelgan, keyin ikki yil davomida uni o'rganib, yer yuzasidan tuproq yig'ishga kirishgan. 2021-yilda u Yer tomon yo'l oldi va 2023-yil 24-sentyabrda Yuta shtatiga kapsulani qo'ndirdi. Tashkilotning ijtimoiy tarmoqlardagi translyatsiyasiga ko'ra, stansiyaning ishi hali yakunlanmagan.

    Dastlabki tahlillarga ko'ra, olingan namunalarda ko'p miqdorda uglerod va suv borligi ma'lum bo'ldi.

    Tadqiqotchilar yig'ilgan ma'lumotlar asosida asteroid hozirgi kungacha faol ekanini aniqlashdi, deb xabar beradi mir24.tv.