Xabarda aniqlik kiritilishicha, vertolyot 18-yanvar kuni Marsda 72-parvozini amalga oshirgan, biroq rejalashtirilgan tushish vaqtida qurilma va Perseverance roveri o'rtasidagi aloqa uzilgan.

Vertolyotning parvozi avvalgi parvoz vaqtida rejadan tashqari qo'nganidan keyin uning tizimlarini qisqa muddatli tekshirish maqsadida amalga oshirilgan. Ayni paytda mutaxassislar aloqa yo'qolishi muammosini tahlil qilib, uni hal qilish yo'llarini izlamoqda, deb xabar beradi aif.ru.