Fevral oyi boshida bu ko'rsatkich 1,7 foizni tashkil etgan edi. Shu bilan birga, olimlar ma'lumotlarni aniqlagandan so'ng Yerga asteroid qulab tushishi ehtimolini amalda istisno qilishdi – ehtimollik 3,1 foizdan 0,004 foizgacha pasaydi.
“NASAning Yerga yaqin obyektlarni o'rganish markazi mutaxassislari... 2024 YR4 asteroidining 2032-yil 22-dekabrda Oy bilan to'qnashishi ehtimolini 3,8 foizga yangiladi”, deyiladi xabarda.
“Jeyms Uebb” teleskopi yordamida agentlik 2024 YR4 o'lchamlarini ham aniqladi, yangi ma'lumotlarga ko'ra, uning diametri 53 dan 67 metrgacha. Qayd etilishicha, may oyida asteroidni kuzatish uchun yana rasadxonadan foydalaniladi.
2024 YR4 asteroidi 2024-yil 27-dekabrda Chilidagi ATLAS rasadxonasida topilgan. Uning diametri taxminan 70 metrni tashkil etadi. U 2013-yil 15-fevralda Uralga tushgan Chelyabinsk meteoritidan uch-to'rt baravar katta, uning o'lchami taxminan 19,8 metrga yetadi. Uning qulab tushishi oqibatida qurbonlar yo'q, biroq 1,6 mingdan ortiq kishi jarohatlangan, ulardan 52 nafari shifoxonaga yotqizilgan, deb xabar beradi ria.ru.