NASA: Odysseus Oyga muvaffaqiyatli qo'ndi

    Amerikaning Odysseus xususiy fazoviy kemasi Oyning janubiy qutbi yaqiniga muvaffaqiyatli qo'ndi, deya xabar bermoqda NASA.

    “Biz uskunamizning Oyda ekanligini tasdiqlashimiz mumkin va signal olmoqdamiz, Odysseus yangi uy topdi”, dedi Odysseusning parvoz direktori translyatsiya paytida.

    15-fevral kuni Yerdan uchirilgan fazoviy kema Oyga avtonom rejimda qo'nishni amalga oshirdi. Parvozni boshqarish markazi u bilan aloqani yo'qotgandan so'ng ham qo'nish bilan bog'liq jarayon muammosiz o'tdi. Signalni qayta tiklash va qo'nish faktini tasdiqlash uchun taxminan o'n daqiqa vaqt ketdi.

    Odysseus soat 18:23 da Oy yuzasiga qo'ngan. NASA direktori Bill Nelson Odysseus missiyasini “g'alaba” deb atadi va Intuitive Machines ishlab chiqish kompaniyasini, SpaceX uchirish operatorini va AQShning Oy yuzasiga qaytishi missiyasida ishtirok etgan barchani tabrikladi. Amerika uskunasi oxirgi marta 1972-yilning dekabrida qo'ngan edi.

    NASA bilan tuzilgan shartnoma asosida Intuitive Machines tomonidan ishlab chiqarilgan Odysseusning parvozi “Artemida” dasturi doirasida keyingi bir necha yil ichida Oyga xalqaro ekipajni qo'ndirish va Oy stansiyasini qurish yo'lida va shu orqali AQShning Oyga “qaytishi” jarayonidagi muhim bosqich sanaladi, deb xabar beradi ria.ru.