Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unga koʻra, “Nasaf” professional futbol klubiga nisbatan intizomiy choralar qoʻllanildi.

“Nasaf” PFK vakili tomonidan klub manfaatini koʻzlab, 2020-yil futbol mavsumida hakamlarni oʻz tomoniga moddiy manfaatdor qilish evaziga ogʻdirishga uringani uchun OʻFA intizom kodeksining 5.26. bandiga muvofiq futbol klubi 50 000 000 soʻm jarimaga tortildi.

Mazkur qaror OʻFA tomonidan rasmiy tarzda eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.