“Nasaf” va “Al Faysali” oʻrtasidagi uchrashuvda qarshiliklar raqiblarini 3:1 hisobida magʻlubiyatga uchratishdi.
Ushbu uchrashuvda kiritilgan gollarga “Al Faysali”dan Reziq Muhammad Banixani hisobni ochgan boʻlsa qolgan gollarga “Nasaf” jamoasidan Lima Kruz, Zafarmurod Abdirahmatov va Marko Stanoyevich mualliflik qilishdi.
Shuningdek, mazkur tur doirasida Olmaliqning OKMK jamoasi ham oʻz uyida Saudiya Arabistonining “Al Ittihod” jamoasini qabul qildi.
Bahsda Karim Benzema toʻp tepayotgan “Al Ittihod” safarda OKMK jamoasini 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchratishdi.
Ushbu oʻyinda kiritilgan gollarga “Al Ittihod”dan Hamdallah (dubl) va OKMKdan Boakye mualliflik qilishdi.