Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Superligasidan oʻrin olgan 23-tur uchrashuvi “Doʻstlik” stadionida boʻlib oʻtdi. Unda “Lokomotiv” “Nasaf” bilan uchrashdi.
Uchrashuvning ikkinchi boʻlimi 73-daqiqasida Akmal Mozgovoy hisobni ochdi va oʻyin “Lokomotiv” 0:1 “Nasaf” hisobida yakunlandi.
Shu tariqa uch tur qolganida ikkinchi oʻrinda borayotgan “OKMK” klubidan 10 ochko oʻzib ketgan “Nasaf” oʻz tarixida birinchi bor Oʻzbekiston Superligasi chempioni boʻldi.