Joriy mavsum OChL guruh bosqichidan 1/8 final bosqichiga yo'llanma olgan “Nasaf” kelgusi yilning 19-fevral kuni Qatarda Saudiya Arabistonining “Ash-Shabob” klubi bilan pley-off bahsini o'tkazadi.
Chorak final o'yinlari 23 fevralda, yarim final esa 26 fevralda Qatarda tashkil etiladi.
Finalda g'olib chiqqan jamoani Yaponiyaning “Urava Reds” klubi kutib turibdi. Finalning ilk uchrashuvi 29 aprel kuni, javob o'yini 6 may kuni Yaponiyada bo'lib o'tadi.