NASAning yangi sun'iy yo'ldoshi okean tubining eng batafsil xaritasini tuzdi

    U ilgari noma'lum bo'lgan yuzlab tepaliklar va suv osti vulqonlarini topdi.

    NASAning 2022-yil dekabr oyida uchirilgan Surface Water and Ocean Topography (SWOT) sun'iy yo'ldoshi Yer okeani tubining misli ko'rilmagan batafsil xaritasini tuzdi. Bu tadqiqotchilarga qit'alar orasidagi chegaralarni o'rganish va yangi suv osti ob'ektlarini aniqlash imkonini berdi.

    (SWOT) okean oqimlariga ta'sir qiluvchi va biologik xilma-xillik markazlari bo'lgan dengiz tog'lari va vulqonlarni o'rganish uchun birinchi imkoniyatni taqdim etdi. Ushbu tizim hatto balandligi 1000 metrdan past bo'lgan kichik tog' tuzilmalarini ham aniqlay oldi, bu ilgari deyarli imkonsiz bo'lgan.

    Ma'lumotlar, shuningdek, jamoaga qirg'oqbo'yi hududlarida tektonik chegaralar va okean oqimlari xaritalarini batafsil ko'rsatishga imkon berdi.

    Uch yillik missiyaning qolgan bir yilida SWOT dengiz oqimlari to'g'risida ma'lumotlarni to'plash va okean tubining xaritasini tuzishda davom etadi. Bundan tashqari, undan global miqyosda chuchuk suv mavjudligini baholash uchun foydalanilish rejalashtirilgan, deb xabar beradi lifehacker.ru.