Naslli chorva mahsuldorlikni taʼminlaydi

    2021-yilda 5 ta fermer xoʻjaliklari tomonidan Germaniya davlatidan 265 bosh naslli qoramollar keltirilishi rejalashtirilgan.

    Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi “Chorvachilik tarmogʻini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida, klaster korxonalari va naslchilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklariga chetdan keltiriladigan naslli qoramol, qoʻy va echkilar uchun imtiyoz berilishi qoramollar naslini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

    Mazkur qaror ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash maqsadida, “Oʻzagroinspeksiya”ning Narpay tumani boʻlimi tomonidan tizimli ravishda nazorat tadbirlari oʻtkazilmoqda.

    Tadbirlari davomida, chorvachilikda naslchilik ishini takomillashtirish, keltirilayotgan chorva mollari hisob-kitobini yuritish, chorva mollari uchun mustahkam ozuqa bazasini shakllantirish singari muhim masalalarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

    Ayni kunlarda tumanda 41 ta chorvachilikka ixtisoslashgan klaster korxonalari va fermer xoʻjaliklari tomonidan 2 ming 831 bosh naslli qoramollar parvarishlanmoqda. Qarori asosida yaratib berilgan imtiyozlar bois 2021-yilda 5 ta fermer xoʻjaliklari tomonidan Germaniya davlatidan 265 bosh naslli qoramollar keltirilishi rejalashtirilgan.

    Xususan, “Agro gold spring” naslchilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaligida 395 bosh “Golshtin” zotli qoramollar parvarishlanmoqda. 192 bosh yuqori mahsuldor sogʻin sigirlardan olingan sut mahsulotlari majmua qoshida qayta ishlanib, ichki isteʼmol bozoriga yoʻnaltirilmoqda. Naslchilik ishlarini yanada yaxshilash maqsadida joriy yilda 36 bosh mahsuldor, naslli qoramollar tayyorlandi, deb xabar beradi Agroinspeksiyaning Narpay tumani boʻlimi katta inspektori Bobur Mardonov.