“Janubiy okean olimlar tomonidan azaldan tan olingan, ammo bu borada xalqaro miqyosda kelishuvga erishilmagani sababli, biz uni hech qachon rasman tan olmadik”, — deydi Milliy Geografiya Jamiyatining geografi Aleks Teyt.

National Geographic kartograflari 1915-yilda xaritalashni boshlaganidan beri Yerdagi toʻrtta okean — Atlantika, Tinch okeani, Hind va Shimoliy Muz okeanlarini sanab kelmoqda.

Tarixiy jihatdan eng janubiy materikni oʻrab turgan ulkan suvlarga Atlantika, Tinch okeani va Hind okeanlarining kengayishi sifatida qaraldi.

Ammo soʻnggi yillarda olimlar Antarktika sirkumpolyar oqimi deb nomlanuvchi oqimlar tufayli sayqallangan suvlarning noyob tabiatini oʻrganishdi, deb yozadi National Geographic jurnali.

Oqim suvni sovuqroq va shoʻrroq qiladi, bu esa uglerodning okean tubida toʻplanishiga yordam beradi va Yerning iqlimiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatadi.

“U yerda boʻlgan har bir kishi hayratlanarli manzaraga guvoh boʻladi. Qayerga bormasin koʻm-koʻk muzliklar, sovuq havo, qoʻrqinchli togʻlar uni maftun qiladi” deydi National Geographicning dengiz boʻyicha olimi Set Sikora-Bodi.

National Geographic bu 130-yillik ilmiy, tabiat, madaniyat, tarix va kashfiyotlarga bagʻishlangan notijorat tadqiqot va taʼlim tashkilotidir.