NATO yangi mamlakatlarda yadro qurolini joylashtirish niyatida emas

    NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Polsha Prezidentining Amerika yadro qurolini joylashtirishga tayyorligi haqidagi bayonotiga izoh berdi. Uning so'zlariga ko'ra, bunday qadamlar rejalashtirilmagan.

    Shimoliy Atlantika alyansi hozirda bunday qurol mavjud bo'lmagan mamlakatlarga yadro qurolini joylashtirishni taklif qilmaydi, dedi NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg. Yadroviy qurolidan hamkorlikda foydalanish bo'yicha mavjud kelishuvni kengaytirish rejalari yo'q, dedi u 23-aprel, seshanba kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak bilan Polshadagi britaniyalik askarlarga qo'shma nutqi chog'ida, deb xabar beradi dw.com.

    “Agar ittifoqchilarimiz NATOning sharqiy qanotida xavfsizlikni mustahkamlash maqsadida NATOning qo'shma yadroviy missiyalari doirasida hududimizda yadro qurolini joylashtirishga qaror qilishsa, biz bunga tayyormiz”, degan edi Polsha Prezidenti “Fakt” gazetasiga bergan intervyusida.