Навбаҳор Ҳамидова Жаҳон кубогида чемпион бўлган биринчи аёл боксчиси бўлди

    Sport 7 Iyul 2025 963

    Qozogʻistonning Astana shahrida “World Boxing” tashkiloti kubogi bahslarida yurtdoshimiz Navbahor Hamidova gʻalaba qozonib, mazkur toifadagi musobaqada oltin medalni qoʻlga kiritgan birinchi oʻzbekistonlik bokschi qizga aylandi.

    Qayd etilishicha, unda yurtdoshimiz Navbahor Hamidova gʻalaba qozonib, mazkur toifadagi musobaqada oltin medalni qoʻlga kiritgan birinchi oʻzbekistonlik bokschi qizga aylandi.

    Hamyurtimiz finalda Olimpiada va uch karra jahon chempioni turkiyalik Busenaz Surmenelini 5:0 hisobida magʻlubiyatga uchratishga erishdi. Ushbu gʻalaba bilan Hamidova avvalgi 2 magʻlubiyat uchun munosib revansh olishga erishdi.

    Shu tariqa, terma jamoamiz mazkur musobaqani 1 ta oltin va 4 ta bronza medallari bilan yakunladi.

    Oltin medal:

    • -65 kg: Navbahor Hamidova

    Bronza medal:

    • -54 kg: Feruza Kazakova
    • -75 kg: Aziza Zokirova
    • -80 kg: Sohiba Roʻzmetova
    • +80 kg: Oltinoy Sotimboyeva


    Zulxumor AKBAROVA