Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabariga ko‘ra, Navbahor tuman bo‘limi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Vatanparvar” tashkiloti Navbahor tuman o‘quv sport texnika klubi sobiq murabbiyi T.Q. fuqaro J.ga avtomaktabda bo‘lib o‘tayotgan o‘quv guruhiga uni navbatsiz kiritish va haydovchilik guvohnomasiga “D” va “E” toifasini qo‘shish evaziga 3,3 million so‘m va 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.