Navoiy viloyati Navbahor tumanida “Navbahor kasaba chevarlari” tikuv sexi ish boshladi.
Uning ochilish marosimida viloyat hokimi Q.Tursunov, chet ellik investorlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Ma'lum qilinishicha, mazkur sexni ishga tushirish uchun Xalq banki tomonidan 4 milliard so'm va tashabbuskorlarning 2 milliard so'm mablag'i yo'naltirilgan.
Bu erda 400 ish o'rni yaratilib, asosan ayollar va yoshlar bandligi ta'minlandi. Ular 10 turdan ortiq kiyim kechaklar va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaradi.