Unda belgilangan reyting koʻrsatkichlarida eng past oʻrinlarni egallagan bir necha maktab direktorlariga qattiq ogohlantirish berilgani aytilmoqda. Koʻrsatkichlari namunali, deb topilgan 8 maktab direktori esa viloyat hokimligining ragʻbatlantiruvchi pul mukofotlari bilan taqdirlangan.

Yigʻilishda maktablarda taʼlim sifati, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, qurilish va taʼmirlash ishlari boʻyicha ham soʻz yuritilgan.

Maʼlumot berilishicha, 2019-2020 oʻquv yilida 11-sinfni bitirgan navbahorlik 1354 yigit-qizning 365 nafari oliy taʼlim muassasalari talabasi boʻlgan. Bugun tuman maktablarida 2141 pedagog ishlaydi, ularning 1854 nafari oliy, 64 nafari tugallanmagan oliy, 223 nafari oʻrta maxsus maʼlumotli.