Bu haqda YHXX matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jizzax viloyatida bir nechta avtotransport vositasida fuqarolar avtomashinadan tana qismini chiqargan holda guruh boʻlib harakatlangan. Holat boʻyicha masʼullar tomonidan tezkor surishtiruv ishlari amalga oshirildi. Ushbu transport vositalari haydovchilari shaxsiga aniqlik kiritilib, transport vositalari vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Shuningdek, huquqbuzarlarga nisbatan tegishli tartibda bayonnoma rasmiylashtirildi.
Hozirda transport vositasidan tana qismini chiqargan yoʻlovchilarni shaxsiga aniqlik kiritish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.