Tayyorgarlik jarayonida futzalchilarimiz 15-avgust kuni mezbonlarga qarshi maydonga tushib, 1:0 hisobida magʻlubiyatga uchragani haqida xabar qilgan edik. Kecha ikki jamoa navbatdagi oʻrtoqlik bahsini oʻtkazishdi. Afsuski, hamyurtlarimiz bu safar ham 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Endi Bahodir Ahmedov shogirdlari 21-avgust kuni Argentinaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Eslatib oʻtamiz, chempionatda qatnashadigan 24 jamoa 6 guruhga boʻlingan. Oʻzbekiston futzal milliy jamoasi “V” guruhdan joy olgan. Bu guruhda bizdan tashqari Gvatemala, Rossiya va Misr termalari ham bor. Guruhda birinchi va ikkinchi oʻrinni olgan, shuningdek, olti guruhda uchinchi oʻrinni egallab, eng yaxshi koʻrsatkiyaga erishgan toʻrt jamoa pley-offga yoʻl oladi.