Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy jamoasi 22-30-mart kunlari FIFA kunlari doirasi navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinini oʻtkazadi.

OʻFA rasmiy saytida maʼlum qilinishicha murabbiylar shtabi ushbu yigʻinga chaqirilgan 29 futbolchidan iborat kengaytirilgan tarkibni eʼlon qildi. Ularning 10 tasi “Paxtakor”, 4 tasi “Lokomotiv”, 2 tasi “Nasaf” futbolchilari. Shuningdek, “Qizilqum”, “Qoʻqon-1912”, “Navbahor”, “Bunyodkor”, OKMK jamolaridan bittadan hamda xorijda toʻp surayotgan 8 ta futbolchimiz ham yigʻinga taklif qilingan. Ular quyidagilar:

Darvozabonlar:

Eldorbek Suyunov (“Paxtakor”)
Abduvohid Neʼmatov (“Nasaf”)
Javohir Ilyosov (“Lokomotiv”)

Himoyachilar:

Yegor Krimes (“Paxtakor”)
Farrux Sayfiyev (“Paxtakor”)
Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”)
Ibrohimxalil Yoʻldoshev (“Paxtakor”)
Islom Toʻxtaxoʻjayev (“Qizilqum”)
Islomjon Qobilov (“Lokomotiv”)
Sanjar Qodirqulov (“Lokomotiv”)
Murod Xolmuhammedov (“Qoʻqon-1912”)
Azimjon Ahmedov (“Navbahor”)

Yarim himoyachilar:

Otabek Shukurov (“Sharja”, BAA)
Odiljon Hamrobekov (“Shabob al-Ahli”, BAA)
Jaloliddin Masharipov (“Shabob al-Ahli”, BAA)
Dostonbek Hamdamov (“Hatta”, BAA)
Lutfulla Toʻrayev (“Bunyodkor”)
Hojimat Erkinov (“Paxtakor”)
Sardor Sobirxoʻjayev (“Paxtakor”)
Humoyun Iminov (“Paxtakor”)
Sardor Rashidov (“Paxtakor”)
Abrorbek Ismoilov (“Paxtakor”)
Sanjar Shoahmedov (OKMK)
Oston Oʻrunov (“Ufa”, Rossiya)
Oybek Bozorov (“Nasaf”)

Hujumchilar:

Eldor Shomurodov (“Jenoa”, Italiya)
Shahzodbek Ubaydullayev (“Shaxtyor”, Belarus)
Igor Sergeyev (“Aktobe”, Qozogʻiston)
Temurxoʻja Abduxoliqov (“Lokomotiv”).