Navbatdagi “Salomatlik” poyezdi Qoraqalpogʻiston aholisiga xizmat koʻrsatadi

    Salomatlik 19 May 2023 1532

    “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi bilan hamkorligida navbatdagi “Salomatlik” tibbiy-sanitar yordam poyezdi safarga chiqdi.

    Joriy yil 16-maydan 22-maygacha Qoraqalpoq – Jasliq bekatlarida aholi hamda temiryoʻlchilar orasida profilaktik-tibbiy koʻrik oʻtkazish maqsadida malakali terapevt, oftalmolog, nevropatolog, pediatr, jarroh, stomatolog, ginekolog hamda UTT shifokorlari, shuningdek, rentgen-laborantlar, hamshiralar hamda boshqa tibbiy xodimlardan iborat brigada joylarda tibbiy xizmat koʻrsatyapti.

    Tibbiy koʻrik davomida aniq laborator tahlillarga va zamonaviy tekshirish usullariga tayangan holda tashxislar qoʻyildi. Har bir bemorga aniqlangan kasalliklari boʻyicha zarur tavsiyalar berildi, davolash hamda sogʻlomlashtirish tadbirlari oʻtkazildi. Shaxsiy gigiyena, sogʻlom turmush tarzi va toʻgʻri ovqatlanish toʻgʻrisida tushuntirish ishlari oborildi.

    Salomatlik poyezdining olis va chekka hududlarga boʻladigan keyingi safarlari yil davomida, bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, deb xabar beradi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati.