Avval xabar berilganidek, bugun, 11-mart kuni soat 14:10 da Navoiy viloyati, Navoiy shahar, Navoiy koʻchasida joylashgan “Navoiy azot” AJning 25-sexi laboratoriyasida gaz-havo aralashmasining chaqnashi hodisasi roʻy bergan. Chaqnash natijasida yongʻin kelib chiqqan.
Yongʻin-qutqaruv ekipajlari tomonidan yongʻin soat 14:20 da qurshab olinib, 14:50 da batamom oʻchirildi.
FVVning xabar berishicha, chaqnash oqibatida 1 nafar fuqaro halok boʻlgan va 11 nafar fuqaro tan-jarohati olgan. Hozirga jabrlanganlarga malakali tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.









