1 Fev 2025
02:24

    “Navoiy” chegara bojxona posti ochildi

    Toshkent viloyati Toshkent tumanida joylashgan va yangidan buyond etilgan “Navoiy” chegara bojxona posti (“Zangiota” chegara oʻtkazish punkti) 2025-yil 27-yanvardan eʼtiboran sinov rejimida ish boshladi.

    Bu haqda Bojxona qoʻmitasi axborot xizmati maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, zamonaviy qiyofadagi ushbu bojxona postida fuqarolar uchun barcha zarur shart-sharoitlarga ega keng va yorugʻ zallar, avtobus va yengil avtotransport vositalari hamda ularda harakatlanayotgan yoʻlovchilar uchun alohida yoʻlaklar tashkil etilgan.

    Bojxona postiga tutash hududda bir vaqtda 500 dan ortiq yengil avtotransport vositalari, 100 dan ortiq avtobuslarni qabul qilish imkoniyatiga ega zamonaviy avtoturargoh barpo etilib, unda xalqaro yoʻnalishda harakatlanayotgan avtobus va yengil avtotransport vositalari, shuningdek mahalliy yoʻnalishdagi yoʻnalishli jamoat transportlari hamda taksi xizmatlari yoʻlga qoʻyilgan.

    Avtoturargohda transport vositalari uchun kutish joylari, fuqarolar uchun tez tayyor boʻluvchi tamaddixonalar, kafe va boshqa maishiy va ijtimoiy xizmatlar, bundan tashqari xalqaro yoʻnalishdagi avtotransport vositalari uchun shaffof elektron navbat tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech