Navoiy: fuqaro ruxsatnomasiz qurigan daraxtni kesgani uchun qariyb 9 mln. soʻm jarima toʻladi

    Navoiyda bir tup qurigan tol daraxtini ruxsatnomasiz kesib tashlangan fuqaro jarimaga tortildi.

    Bu haqda Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmas xabar berdi.

    Qayd etilishicha, Xatirchi tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boʻlimi davlat inspektorlari tomonidan olib borilgan navbatdagi nazorat reyd tadbirlari davomida tuman hududida yashovchi fuqaro U.X tomonidan tumanning "Alisher Navoiy" MFY hududida bir tup qurigan tol daraxtini ruxsatnomasiz kesib tashlangani aniqlandi.

    Hozirda holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan, Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilib, 8 mln 500 ming soʻm miqdorda jarima belgilandi.