Bu haqda Navoiy viloyati hokimligi xabar berdi.

Nurali Joʻrayev 1988-yilda Qiziltepa tumanida tugʻilgan. Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini va Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetini iqtisodchi, buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Tayinlovga qadar u Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hududlarni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi vazifasida faoliyat yuritgan.