Navoiy IES energobloklari qaytadan ishga tushirildi

    Energetika 7 Iyul 2021 853

    Navoiy IES: gaz quvuridagi taʼmirlash ishlari yakunlanib, Navoiy IES energobloklari ishga tushirildi.

    Xabar berganimizdek, bugun, 7-iyul soat 05:48da Navoiy issiqlik elektr stansiyasining bugʻ-gaz qurilmalarini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi gaz quvurida nosozlik yuzaga kelgan edi.

    Mazkur nosozlikni bartaraf etish ishlarini xavfsiz bajarish uchun stansiyaga gaz taʼminoti toʻxtatildi va Navoiy IESning 1-sonli bugʻ-gaz qurilmasi hamda 8,9-son energobloklari vaqtincha toʻxtatildi.

    Gaz quvurida aniqlangan nosozlik soat 12:45da bartaraf etildi, quvurlar gaz bilan toʻldirilib, soat 13:15da Navoiy issiqlik elektr stansiyasiga tabiiy gaz yetkazib berila boshlandi.

    Soat 16:09da Navoiy issiqlik elektr stansiyasining bugʻ-gaz qurilmasi va 8,9-son energobloklari umumiy tarmoqqa ulanib elektr energiyasini yetkazib bera boshladi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.