Navoiy IESdagi transformatorda yongʻin chiqdi

    Shu yilning 5-yanvar kuni Navoiy IESdagi 12-sonli transformatorda yongʻin sodir boʻldi.

    Energetika vazirligining xabar berishicha, ushbu yongʻin Navoiy IES Yongʻin xavfsizligi xizmati hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan soat 14:49 da qurshab olinib, toʻliq bartaraf etilgan.

    Maʼlumotlarga koʻra, stansiya 44-yil avval ekspluatatsiya qilingan boʻlib, undagi faqat 12 sonlitransformatorda yongʻin sodir boʻlgan. Yongʻin energotizimga (elektr taʼminotiga) salbiy taʼsir qilmagan.

    Yongʻin oqibatida toʻxtatilgan energoblok oʻrni zaxira quvvatlari hisobidan taʼminlandi. Isteʼmolchilargaelektr energiyasi barqaror yetkazib berilmoqda.

    Yongʻin natijasida jabrlanganlar yoʻq. Ayni paytda stansiya barqaror ishlamoqda.

    Hozirda yongʻin kelib chiqish sabablari oʻrganilmoqda.