Monomarkazda jami 32 ta yo'nalishda kasbga tayyorlash, xorijiy tillar, raqamli texnologiyalar va tadbirkorlikni o'rgatish kurslari tashkil etildi, deyiladi O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bergan xabarda.
Eslatib o'tamiz, Prezidentimiz qarori bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida tajriba sifatida “Ishga marhamat” monomarkazi tashkil etilib, ilk faoliyatini 2019-yil sentyabr oyida Yashnobod tumanida boshlagan edi. Ayni paytda bosqichma-bosqich mamlakatimizning ko'plab hududlarida “Ishga marhamat” monomarkazlari aholiga o'z xizmatlarini ko'rsatib kelmoqda.