Hududda mazkur yo‘nalishdagi ishlar adliya vazirligi ishchi guruhi ko‘magida belgilangan tartibda shakllantirilib, viloyat tashkilotlarining soha bo‘yicha tegishli mas'ullari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.

Yangi onlayn dasturning ustunlik tomonlari, chiqarilayotgan qarorlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri «E-qaror» elektron tizimi orqali keng jamoatchilik bemalol kuzatib borishi mumkin.

«E-qaror» elektron tizimini respublikamizning barcha mahalliy davlat hokimiyati organlarida joriy etilishi ularning faoliyati va ish yurituvining shaffoflashishiga, ortiqcha vaqt sarflanishining, qog‘ozbozlikning oldini olishga xizmat qiladi, deb xabar beradi Navoiy vidloyat hokimligi matbuot xizmati.