Navoiy viloyatida 2020-yilda byudjet buyurtmachilari tomonidan 1 trillion 498,5 milliard soʻmlik xaridlar amalga oshirilgan. Bu respublika boʻyicha eng kam koʻrsatkich.
Pullar taʼmirlash, qurilish va rekonstruksiya ishlari, kommunal xizmatlar, dori-darmon, tibbiyot buyumlari, vaksinalar va bakteriologik preparatlar, jihozlar, transport vositalari, texnik asbob-uskunalar va boshqalarga sarflangan.
Moliya vazirligi xabariga koʻra, oʻtgan yili respublika boʻyicha jami 124 trillion 89,4 milliard soʻmlik xaridlar amalga oshirilgan. Shundan byudjet buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar 42 trillion 629,4 milliard soʻmni tashkil etgan.