Tashrifning ilk kunida delegatsiya aʼzolari Xitoyning Chunsin shahri Shapinba tumanida boʻlishdi.

Shapinba tumani rahbariyati bilan uchrashuvdan soʻng “Chongqing International Logistics Hub Park” logistika markazi va “Chongqing Railway Port”ining avtomobil importi va import qilinadigan goʻsht mahsulotlari nazorat markazi imkoniyatlari bilan tanishildi.

Shuningdek, delegatsiya aʼzolari “Dry Port Of the New Western Land-Sea Corridor”da boʻlib, logistika imkoniyatlari bilan tanishdilar.

Tashrif doirasida “Chongqing International Logistics Hub Park” va Navoiy Erkin Iqtisodiy zonasi oʻrtasida Navoiy EIZ hududidan “Logistik Xab” tashkil etishga kelishib olindi.

Ushbu markazning 100 ta davlatidagi 300 ta logistika markazi bilan aloqasi boʻlib, yillik savdo aylanmasi 20 mlrd. dollarni tashkil etadi.