Navoiy viloyati hokimi sportchilarni taqdirladi

    O'zbekiston kubogida munosib ishtirok etib, faxrli o'rinlarni qo'lga kiritgan sportchilar yuksak mamnuniyat bilan e'tirof etildi.

    Normat Tursunov sportchi yigit-qizlar, xususan, aralash jang san'ati bo'yicha nufuzli musobaqalar g'olibi bo'lgan yoshlar bilan uchrashdi.

    Joriy yilning 8-10 sentyabr kunlari Toshkent shahrida aralash jang san'ati bo'yicha o'tkazilgan O'zbekiston kubogida viloyat terma jamoasi ham munosib ishtirok etib, faxrli o'rinlarni qo'lga kiritgani mamnuniyat bilan e'tirof etildi.

    Mazkur nufuzli musobaqada faxrli o'rinlarni qo'lga kiritgan bir guruh yoshlar va ularning murabbiylari viloyat hokimligining tashakkurnomasi va qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlandi.