Jarayonda turkiyalik tadbirkorlar guruhi viloyat hokimi va soha mutaxassislariga Navoiy shahrida “Yangi Oʻzbekiston” bogʻini tashkil qilish yuzasidan oʻz loyihalarini taqdim etishdi.
“Outdoor factory Toshkent” qurilish firmasi direktori Xikmet Ayvazoglu tomonidan qurilishi rejalashtirilayotgan 50 gektar maydondagi bogʻda bolalar uchun koʻngilochar joylar, avtoturargoh, sunʼiy koʻl boʻlishi va boshqa zamonaviy qulayliklar yaratilishi boʻyicha fikr almashildi.
Shuningdek, turk tadbirkorlari bilan muloqotlar davomida yashil bogʻ tashkil etish, obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish boʻyicha bir qator takliflar muhokama etildi.