Navoiy viloyati hokimi Turkiya Respublikasining Samarqanddagi konsuli bilan uchrashdi

    Tomonlar oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha fikr almashdilar

    Viloyat hokimi Normat Tursunov va Turkiya Respublikasining Samarqanddagi konsuli Salix Janer uchrashuvida tomonlar Navoiy viloyati hamda Turkiyaning barqaror iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyoti rejalariga mos keluvchi dolzarb masalalar boʻyicha oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha fikr almashdilar.

    Normat Tursunov konsul janoblariga mamlakatimiz, shu jumladan Navoiy viloyati oʻrtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda samarali hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha elchixona va konsullik tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar uchun oʻz minnatdorchiligini bildirib, manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda rivojlantirishda elchixonaning amaliy koʻmagi muhim ekanligini taʼkidladi.

    Shu bilan birga, tomonlar Navoiy viloyatida investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlarga toʻxtalib, Turkiya tomonidan investitsiyalarni jadallashtirish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.