Navoiy viloyati hokimiga birinchi oʻrinbosar tayinlandi

    Dolzarb 29 Aprel 2021 1442

    Atamurodov Toʻlqin Toʻymurodovich Navoiy viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

    Toʻlqin Atamurodov 1982-yilda Buxoro viloyatida tugʻilgan. 2002-yilda Toshkent moliya instituti, 2005-yilda esa Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini hamda 2015-yilda “Sun Yat-Sen” universitetini (Xitoy) tamomlagan.

    Toʻlqin Atamurodov mazkur lavozimga qadar “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.