Navoiy viloyati hokimiga yangi o'rinbosar tayinlandi

    Mamlakatimizda 23 Oktabr 2023 1421

    “Qamchiqavtoyo'l” ixtisoslashtirilgan yo'llardan foydalanish unitar korxonasi direktori Navoiy viloyati hokimiga o'rinbosar etib tayinlandi.

    Kamolov Erkin Shamsiddinovich Navoiy viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo'jalik, ekologiya va ko'kalamzorlashtirish masalalari bo'yicha o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.

    Tayinlangunga qadar Avtomobil yo'llari qo'mitasi huzuridagi “Qamchiqavtoyo'l” ixtisoslashtirilgan yo'llardan foydalanish unitar korxonasi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

    E.Kamolov 1987 yilda Buxoro viloyati, G'ijduvon tumanida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy, 2009 yilda Toshkent avtomobil yo'llar institutini tamomlagan.