Navoiy viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi oʻtkazildi

    Yigʻilish kun tartibidan bir necha masalalar oʻrin olgan boʻlib, dastavval Navoiy viloyatida saylov uchastkalarini tuzish toʻgʻrisidagi masala koʻrildi.

    Hududiy saylov komissiyasiga 3 ta shahar va 8 tuman hokimliklarining saylov uchastkalarini tuzish toʻgʻrisidagi taqdimnomalari “Ye-saylov” axborot tizimi orqali kelib tushdi.

    Unga koʻra saylov uchastkalarining 289 tasi umumtaʼlim maktablarida, 53 tasi mahalla fuqarolar yigʻinlari binolarida, 26 tasi litsey va texnikumlarda, 25 tasi madaniyat va sport markazlarida, 12 tasi davlatga qarashli korxona va tashkilotlar binolarida, 11 tasi tibbiyot, sanatoriy va dam olish maskanlarida, 11 tasi harbiy qism, ozodlikdan mahrum etish muassasalari binolarida, 2 tasi oliy oʻquv yurtlari va 1 tasi tadbirkorlarga tegishli binolarda tashkil etilishi boʻyicha tavsiyalar berilgan.

    Shuningdek, yigʻilishda kun tartibidagi navbatdagi — viloyat hududiy saylov komissiyasi huzuridagi matbuot markazini tuzish toʻgʻrisidagi masala koʻrildi.

    Koʻrib chiqilgan masalalar muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

    Gʻolib Abdusalomov,

    “Yangi Oʻzbekiston” muxbiri