Ushbu nufuzli koʻrgazmada mamlakatimiz delegatsiyasi tarkibida Oʻzbekiston Eksportchilar uyushmasi Navoiy viloyati hududiy boʻlimi rahbari S. Gʻafforov hamda “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi bosh direktori oʻrinbosari N. Joʻrayevlar ham ishtirok etdi.

Mazkur nufuzli koʻrgazmada Osiyo, Yevropa, Amerika hamda Afrikadan 10 ming nafardan ziyod biznes vakillari qatnashdi.

Tashkil etilgan 14 ta pavilonda mamlakatlarning ishlab chiqaruvchi korxonlari va tadbirkorlari tomonidan turli mahsulotlar qishloq xoʻjaligi texnikasidan tortib, faoliyat uchun zarur boʻlgan barcha vositalarni uchratish mumkin.

Jarayonda Navoiy viloyati vakillari tomonidan 10 dan ortiq davlatlarning nufuzli kompaniyalari bilan sanoat, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalar kesimida 30 dan ortiq kelishuvlarga erishildi.