Navoiy viloyatida “Masdar” kompaniyasi tomonidan fotoelektrik stansiyasining barpo etilishi oʻrganildi

    Energetika 3 Aprel 2021 1592

    Joriy yil 2-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi Bosh direktori Muhammad Djamil al-Ramahi bilan birgalikda Navoiy viloyatining Karmana tumanida Oʻzbekistonning birinchi 100 MVtlik fotoelektrik stansiyasining qurilishini joyiga borib oʻrgandi.

    Birlashgan Arab Amirliklari investori tomonidan tashkil etilgan va loyiha operatori hisoblangan “Nur Navoi Solar” kompaniyasining ishlab chiqarish uchastkasiga tashrif chogʻida tomonlar obyektda 2020-yilning uchinchi choragida boshlangan qurilish-montaj ishlarining borishi, erishilgan yutuqlar va yaqin istiqboldagi rejalar bilan tanishdilar.

    Ayni paytda umumiy maydoni 268 gektar boʻlgan obyektda texnologik uskunalar, panellar, invertor va transformatorlar oʻrnatish ishlari olib borilyapti. Fotoelektrik stansiyasi joriy yilning 1-sentyabrda ishga tushirilishi kutilyapti.

    Loyiha doirasida Birlashgan Arab Amirliklarining jalb etilgan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalari hajmi qariyb 100 million dollarni tashkil etadi. Fotoelektrik stansiyasining ishga tushirilishi yiliga 260 million kVt/soat miqdorida elektr energiyasini ishlab chiqarishni taʼminlaydi.

    Eslatib oʻtamiz, 2019-yil 4-oktyabrda Birlashgan Arab Amirliklarining mazkur kompaniyasi quyosh energetikasi sohasida davlat-xususiy sheriklikka (DXSH) asoslangan loyihaga investitsiyalarni jalb etish uchun xorijiy investorni tanlash boʻyicha Oʻzbekiston tarixida birinchi marotaba tender gʻolibi boʻlgan. “Masdar” dunyodagi eng past tariflardan birini, yaʼni 1 kVt/soat uchun 2,67 sent darajasida tarifni taklif qildi. 2019-yilning noyabr oyida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan imzolangan investitsiya bitimiga koʻra, “Masdar” fotoelektrik stansiyasini loyihalash, moliyalashtirish va qurish hamda 25 yil davomida undan foydalanish boʻyicha majburiyatlarni oʻz zimmasiga olgan.

    Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga tegishli hujjatlarni ishlab chiqish va tender savdolarni oʻtkazishda maslahatchi sifatida Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (XMK) jalb etildi. Tender savdolarida turli mamlakatlardan 40dan ortiq kompaniyalar ishtirok etdi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.

    Tashrif yakunlari boʻyicha tomonlar loyihaning sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun navbatdagi tadbirlarni muhokama qildilar va fotoelektrik stansiyasini qurish va ishga tushirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan masalalarni hal qilishda har tomonlama yordam koʻrsatishga sodiqliklarini bildirdilar.

    No date selected
    aprel, 2024
    1
    2
    3
    4
    5
    6
    7
    8
    9
    10
    11
    12
    13
    14
    15
    16
    17
    18
    19
    20
    21
    22
    23
    24
    25
    26
    27
    28
    29
    30
    Use cursor keys to navigate calendar dates