Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirida “O.S.” oilaviy korxonasi rahbari L.H. oʻz uyida mayning kripto-aktivlari qurilmasini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 984 mln soʻm zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.