Vazirlar Mahkamasining “Navoiy viloyatining sanoat salohiyatini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi tayyorlanib, keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Unga ko‘ra “Sentob turizm qishlog'i” tashkil etilib, tegishli chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi.

Ma'lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublika Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PF-5781-sonli farmoniga muvofiq, 2020-yildan boshlab, «Turizm mahallasi», «Turizm qishlog‘i» yoki «Turizm ovuli» maqomi berilgan fuqarolar yig‘inlari «Obod qishloq» va «Obod mahalla» davlat dasturlariga birinchi navbatda kiritiladi.