Navoiy viloyatida turizm sohasidagi yangi investitsion loyihalarning bugungi holati qanday?

    Bugungi kunda Navoiy viloyatida xorijiy investitsiya mablag'lari hisobidan 27 turistik investitsion loyihasi amalga oshirilmoqda. Investitsion loyihalarning umumiy qiymati 141, 9 mlrd so'mni tashkil qiladi.

    Amalga oshirilayotgan ushbu ishlarning bugungi kundagi holatini o'rganish hamda tadbirkorlarga qo'shimcha ko'mak berish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasining Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi mas'ul xodimlari Navoiy shahrida amalga oshirilayotgan loyihalarning bugungi kundagi holatini o'rganishdi.

    Hususan, boshqarma vakillari "Navoiy Tinch Tekstil" MCHJ ga qarashli qiymati 25,5 mlrd so'mlik mehmonxona loyihasi, "Navoiy Fayz mebel`" MCHJ hamda Turkiya davlati bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan engil konstruktsiyali qiymati 4,75 mlrd so'mlik mehmonxona, "SHarq Qurilish Servis" MCHJ ga qarashli qiymati 12,0 mlrd so'mlik mehmonxona hamda "Navoiy Spets Obuv`" MCHJ ("Just Best" MCHJ) ga qarashli qiymati 4.5 mlrd so'mlik mehmonxona loyihalari bilan yaqindan tanishishdi.

    Ma'lumot o'rnida aytish joizki, mazkur loyihalarning 14 tasi 2020 yilda ishga tushishi rejalashtirilgan. SHunisi diqqatga sazovorki, yuqoridagi loyihalarning ishga tushishi natijasida shaharda 278 yangi ish o'rni yaratiladi, shuningdek 808 xona va 1384 o'rin tashkil etiladi.