Navoiy shahar “Tinchlik” bekatidagi temir yoʻl tizimida ishlaydigan Shapiyev Abbos hamda Barnoyeva Tamannolar bugun Xatirchi tumani FHDYO boʻlimidan nikohlarini qayd etdilar. Kuyov Xatirchi tumanidan, kelin navbahorlik. Bu ikki yosh kasbi tufayli umr yoʻllarini birlashtirdilar.
Mudira Manzura Qoʻldosheva yoshlarga mustahkam oila qurishini tilab, nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani topshirdi, xabar beradi Davlat xizmatlari Agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi matbuot xizmati.