O'zbekiston hukumati tashabbusi bilan Pekin-Navoiy yo'nalishida maxsus charter reys orqali ipak qurti urug'lari mamlakatimizga keltirildi.
“O'zbekipaksanoat” uyushmasi axborot xizmati xabariga ko'ra, tashkilot tomonidan 2021 yilgi pilla etishtirish mavsumlarini samarali tashkil etish va yanada sifatli pilla xomashyosini yetishtirish maqsadida qo'shimcha tarzda Xitoy xalq respublikasidan ipak qurti urug'lari keltirish maqsad qilingan edi. Kecha maxsus samolyotda olib kelingan ipak qurti urug'lari Uyushma mas'ul xodimlari, Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti olimlari, mamlakatimizdagi pillachilik klasterlari rahbarlari va mutaxassislar tomonidan qabul qilib olindi.
Ma'lumot uchun, 2021 yilda respublikamiz bo'ylab 401 ming 261 quti ipak qurti urug'i parvarish qilinib, 22 ming 470 tonna pilla xomashyosi yetishtirish ko'zda tutilgan.