Navoiyda 1 mlrd soʻmdan ortiq soxta pullar yoʻq qilindi

    Navoiyda 13 600 quti tamaki mahsulotlari, 30 dona elektron sigaretlar, 126 million soʻmlik tibbiy vositalari hamda 1 200 000 000 soʻmlik soxta pullar yoʻq qilindi. Bu haqda Yuz.uzʻga viloyat Bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

    Amaldagi qonunchilik tartiblariga koʻra, chetdan noqonuniy olib kirilgan, huquqbuzarlardan olib qoʻyilgan tamaki mahsulotlari va tibbiyot vositalari sud qaroriga asosan tegishli tartibda yoʻq qilinadi.

    Navbatdagi ana shunday yoʻq qilish tadbirlaridan biri Navoiy shahridan olis boʻlmagan hududda amalga oshirildi.

    Tadbirda Navoiy viloyati bojxona boshqarmasining masʼul xodimlari, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyati boʻlimi va Navoiy viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining masʼul xodimlari bilan hamkorlikda bu tadbir amalga oshirildi.

    Tezkor tadbirlar davomida noqonuniy faoliyatdan olingan 13 600 quti tamaki mahsulotlari, 30 dona elektron sigaretlar, 126 million soʻmlik tibbiy vositalari hamda 1 200 000 000 soʻmlik soxta pullar yoʻq qilindi sud qaroriga asosan, tegishli tartibda yondirish yoʻli bilan yoʻq qilindi.

    Yoʻq qilish tadbirlari bevosita keng jamoatchilik ishtirokida ommaviy axborot vositalari vakillarini jalb qilgan holda amalga oshirilib borilmoqda.