Navoiyda 2 sinf oʻquvchisini BYD urib ketdi

    Navoiy viloyatida katta tezlikda harakatlanib kelayotgan BYD 2 sinf qizni urib ketdi. Qizcha YTH natijasida voqea joyida halok boʻldi.

    Bu haqda Navoiy viloyati IIB xabar berdi.

    Shu yilning 1-iyul kuni kech soat 19:20larda Xatirchi tumani hududidan oʻtgan 4r48 avtomobil yoʻlining 127-km.да harakatlanib borayotgan "BYD SONG PLUS EV CHAMPION" rusumli avtomashina tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyidan oʻtayotgan piyodani urib yubordi.

    Hozirda holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Haydovchilardan harakat vaqtida tezlikni belgilangan meʼyordan oshirmasliklarini ayniqsa, piyodalar oʻtish joylariga yaqinlashganda hushyor boʻlishlarini soʻraymiz, deyiladi xabarda.