Navoiyda 26 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan AGTKSH fosh etildi

    “Oʻzenergoinspeksiya“ Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat prokuratura va gaz taʼminoti korxonasi bilan hamkorlikda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlashga qaratilgan nazorat tadbirlari oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan nazorat tadbirida Navbahor tumani joylashgan “S. A. S.“ MCHJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shaxobchasi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.

    Shuningdek, ushbu AGTKSHda gaz sarfini oʻlchash kompleksiga oʻrnatilgan qurilmaning kirish-chiqish qismidagi gaz joʻmraklariga davlat standart talablariga zid ravishda nomaʼlum jism joylashtirilib, hisoblagichga tashqi taʼsir koʻrsatilganligi maʼlum boʻldi.

    Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra gaz taʼminoti korxonasiga 26 milliard 27 mln soʻmlik zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.

    Hozirda holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.