Navoiyda 42 869 ta xonadonning tabiiy gaz taʼsminoti ikki bosqichli tizimga oʻtkazildi

    Xatirchi tumanida 6471 ta xonadonga tabiiy gaz ikki bosqichli tizim orqali yetkazilmoqda.

    Mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi, jamiyat farovonligining oshishida energiya resurslari muhim ahamiyatga ega. Xususan, aholining maishiy ehtiyoji va ishlab chiqarish tizimini tabiiy yoqilgʻilarsiz tasavvur etish qiyin. Soʻnggi yillarda energiya sohasida olib borilgan islohotlar xavfsizlikni taʼminlash, tejamkorlikka erishish hamda yoʻqotishlarning oldini olishda oʻz natijasini koʻrsatmoqda.

    Tabiiy gaz taʼminotida raqamli iqtisodiyotning joriy etilishi va taʼminotning ikki bosqichli tizimga oʻtkazilishi pirovardida bu boradagi mavjud muammolar oʻz yechimini topmoqda.

    Ayni vaqtga qadar viloyatda avtomatlashtirilgan tizimga asosan, “aqlli” hisoblagichlar toʻliq oʻrnatib boʻlingan hududlardagi 1007 ta gaz taqsimlash qurilmasi demontaj qilib olindi. Hozirda uch bosqichlidan ikki bosqichli gaz taʼminoti tizimiga modernizatsiya qilingan xonadonlar soni 42 869 tani tashkil etadi. Shundan:

    Karmana tumanida 17 456 ta;

    Qiziltepa tumanida 9 314 ta;

    Konimex tumanida 689 ta;

    Navoiy shahrida 1458 ta;

    Navbahor tumanida 3214 ta;

    Nurota tumanida 3 578 ta;

    Gʻazgʻon shahrida 689 ta;

    Xatirchi tumanida esa 6471 ta xonadonga tabiiy gaz ikki bosqichli tizim orqali yetkazilmoqda.

    — Gaz taʼminoti ikki bosqichli tizimga oʻtgan mahallalarda tabiiy gaz bosimi yilning har qanday faslida bir meʼyorda boʻladi. Chunki gaz bosimi hududlardagi gaz maromlash punktlari orqali nazorat qilinmaydi, — deydi “Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali masʼul xodimi Jaynar Abdullayev. — Zamonaviy hisoblagichlarga oʻrnatilgan regulyator (maromlash qurilmasi)ning oʻzi bu vazifani bajaradi. Viloyatda tadbir boshidan buyon gaz hisoblash uskunalariga 68 673 ta ana shunday qurilma oʻrnatildi. Tuman va shaharlarda bosqichma-bosqich gaz taqsimlash qurilmalarini demontaj qilib olish ishlari davom etmoqda. Yil oxiriga qadar yana 334 ta qurilmani demontaj qilish koʻzda tutilgan.

    Ushbu tizim turli yoʻqotishlarning oldini olish bilan birga sohada ish samaradorligi va unumdorligini oshirmoqda. Aholi farovonligini yanada yaxshilashda bunday islohotlar muhim ahamiyat kasb etadi.

    “Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati