Navoiy viloyati bojxona boshkarmasi Kontrabandaga karshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida “Toshkent-Navoiy” yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan “Nyundai porter” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.
Viloyat hokimligining axborot xizmati bergan maʼlumotlarga koʻra, jarayonda avtoulov yukxonasida yukka tegishli hech qanday hujjatlari boʻlmagan, qiymati qariyb 75 mln. soʻmlik jami 49 dona televizor tovarlari borligi aniklandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.